Vazifa va majburiyatlar
- Mijozlar xonalarining kundalik tozaligi, gigiyenasi va tartibini to‘liq ta’minlash
- Yotoq choyshablari, ko‘rpa jildlari va sochiqlarni belgilangan standartlarga mos ravishda almashtirish
- Vanna, hojatxona va xona ichidagi barcha maydonlarni chuqur tozalash hamda dezinfeksiya qilish
- Bir martalik gigiyena vositalari (shampun, sovun va h.k.) hamda xonadagi yetishmovchiliklarni muntazam yangilab borish
- Qavat koridorlari va umumiy foydalanish hududlarining tozaligini saqlash
Talablar
- O‘rta Osiyo fuqarolari
- Rus tilini yaxshi / erkin bilish (mehmonlar va jamoa bilan muloqot qilish uchun)
- Mas’uliyatli, o‘z ishini sevadigan, mehnatkash, ozodalikka qat’iy e’tibor beradigan, baquvvat va sog‘lom
- Boshlang‘ich darajada turk tilida muloqot qila olish (yoki o‘rganishga ishtiyoqi bo‘lish)
- Saranjom-sarishta, chaqqon, xushmuomala va halol
- Antaliya, Izmir yoki Istanbuldagi mehmonxona yotoqxonasida (lojman) yashab ishlay oladigan
Yaratilgan sharoitlar
- Maosh: 800$ - 1200$ (Oylik muntazam to‘lov + choychaqa/tips imkoniyati)
- Ish ruxsatnomasi: Rasmiy ish ruxsatnomasi (Çalışma izni) tomonimizdan rasmiylashtiriladi
- Turar joy: Bepul yashash joyi (mehmonxona xodimlari uchun yotoqxona)
- Oziq-ovqat: Kunlik issiq ovqat va barcha mehmonxona sharoitlari ta’minlanadi
